OneID - Yagona identifikatsiya tizimi

OneID veb-saytlarga bir qator xizmatlarni taqdim etish uchun foydalanuvchilarni aniqlash imkonini beradi. Buning uchun foydalanuvchilar o‘zlarining shaxsiy maʼlumotlarini YAIT OneID-da, jumladan login, parol, to‘liq ism, JSHSHIR va hokazolarni oldindan ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak. Veb-saytga kirish uchun foydalanuvchi OneID-da o‘z shaxsiy kabinetidan foydalanuvchi nomi va parolni kiritishi kerak. Shundan so‘ng, tizim kiritilgan maʼlumotlarning muvofiqligini tekshiradi va autentifikatsiya natijasini foydalanuvchi identifikatori bilan birga qaytaradi.