Murojaatlarni Samarqand davlat tibbiyot universiteti (SamDTU) rasmiy sayti orqali qabul qilish, fuqarolarning murojaat qilishi uchun qo'shimcha imkoniyat hisoblanadi. Ushbu Nizom, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.08.2007 yildagi 181-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari to'g'risidagi nizom"ga muvofiq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga xizmat ko'rsatishning shartlari va tartibini belgilaydi. Rasmiy sayt orqali qabul qilingan murojaatlar, onlayn rejimida SamDTU murojaatlari xizmatiga (keyinchalik – Xizmat)yetkaziladi. SamMI rasmiy saytida fuqarolar murojaatlari shaklida ko'rsatilgan barcha hoshiyalar (maydonlar) to'ldirish uchun majburiydir. Murojaatlarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash manzili to'g'risidagi ma’lumotlar ko'rsatilmasa yoki ular noto'g'ri ko'rsatilsa, bu murojaatlar noma’lum hisoblanadi va ko'rib chiqilmaydi. Murojaatning to'g'riligini isbotlash uchun Xizmat xodimlari murojaat kelib tushgan paytdan boshlab 4 kun davomida murojaatda ko'rsatilgan telefon raqami orqali yoki elektron manzil bo'yicha arizachi bilan bog'lanadilar. Murojaatning haqiqiyligi aniqlangandan so'ng, belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi.