Murojaatlarni Samarqand davlat tibbiyot universiteti (SamDTU) rasmiy sayti orqali qabul qilish, fuqarolarning murojaat qilishi uchun qo'shimcha imkoniyat hisoblanadi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti rasmiy Mobil ilovasini yuklab oling va yanada ko’proq imkoniyatlardan foydalaning!
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to’g’risida”gi Nizomning 3-bandidagi birinchi xat boshiga muvofiq: “Oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari natijalariga ko’ra to’plangan ballarning reyting tizimi bo’yicha amalga oshiriladi”.
Mazkur Nizomning 3-bandidagi ikkinchi xat boshiga muvofiq:
“Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to’lov-kontrakt bo’yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to’plagan abiturientlarga davlat grantlari bo’yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari reytingi asosida belgilangan to’lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar”.
To’lov–kontrakt asosida o’qish ixtiyoriy bo’lib, tegishli me’yoriy hujjatlarda mazkur toifadagi talabalarga to’lov shartlarini engillashtirish bo’yicha imtiyozlar berish ko’zda tutilmagan.